Konstitutsiya - faxrimiz, g‘ururimiz!


Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida mehnat qilayotgan insonlar, birinchi navbatda, rahbar xodimlar, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini puxta bilishi, unga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhitni yaratish g‘oyat muhim va dolzarb vazifaga aylanmoqda.
Shu maqsadda Andijon viloyati transport boshqarmasida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan xodimlar o'rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixi, uning davlat siyosiy-ijtimoiy hayotidagi ahamiyati, o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil so‘z yuritildi.
Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarga sohaga qoʻshayotgan ulkan hissasi samarali mehnati va tirishqoqligi uchun Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 30 yilligi esdalik nishonlari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI