JAMOAT TRANSPORTLARI UCHUN YANA BIR QULAYLIK


Maʼlumki Andijon shahrining Bobur hox ko‘chasini bog‘lash uchun Andijon temir yo‘l vokzali ustidan o‘tuvchi ko‘prik qurilishi natijasida Yangi bozor hududiga Amir Temur shox ko‘chasi orqali kirib keluvchi Bobur shox ko‘chasining bir qismi yopilgan edi.
Natijasida Milliy tiklanish ko‘chasining bir qismi tirbandliklarni (sobiq lenskiy ko‘cha) oldini olish maqsadida bir tomonlama harakat tashkil etilgan edi. Bir tomonlama harakat natijasida yangi bozor hududiga kirib keluvchi jamoat transportlari Amir Umarxon, Ashurali Haydarov va Muqumiy ko‘chalari orqali aylanib o‘tishiga to‘g‘ri kelayotgan edi. Bu esa aholi vakillarining ko‘plab eʼtirozlariga sabab bo‘layotgan edi.
Endilikda shahar jamoat transportlari uchun Milliy tiklanish ko‘chasida (sobiq lenskiy ko‘cha) maxsus belgilar o‘rnatilib faqatgina jamoat transportlari uchun maxsus yo‘lak ajratildi.
Hurmatli, haydovchilar Milliy tiklanish ko‘chasida (sobiq lenskiy ko‘cha) faqatgina avtobuslar uchun yo‘lak ajratilganligini inobatga olishingiz zarurligini maʼlum qilamiz.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI