MUNOSABAT

28.01.2023

   Bugungi kunda Andijon viloyati transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalishlardagi yo‘l kira narxlarini ortishini oldini olish bo‘yicha jamoat transportlari yoqilg‘isi bilan bog‘liq muammolarning oldi olinib  kelinayotgani hech kimga sir emas.

 

    Mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishning o‘rniga gaz yoqilg‘isini boshqa bir transport vositalariga o‘tkazib kelayotgan korxona haydovchilarning noqonuniy harakati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

    Shunga asosan boshqarma boshlig‘i tomonidan jamoat transporti hayovchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqot davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan jamoat transportlari gaz yoqilg‘isini boshqa bir transport vositasiga o‘tkazayotgan haydovchilarning hatti harakatlari yuzasidan tegishli tartibda korxona rahbariyatiga so‘rov jo‘natilishini taʼkidlab o‘tdi.

 

   Yaratilgan imkoniyatlardan o‘zining boshqa bir maqsadlari uchun foydalangan haydovchilarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘riladi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI