Vodiy1.uz kanalida “Andijon shahridagi markaziy “Avtovokzal” holati juda achinarli” mazmunidagi maqolaga munosabat


Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Vodiy1.uz kanalida “Andijon shahridagi markaziy “Avtovokzal” holati juda achinarli” mazmunidagi maqola eʼlon qilindi. Ushbu maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Viloyatdagi Andijon avtovokzalida bugungi kun holatiga drenaj hamda kanalizatsiya tizimlari mavjud. Mazkur avtovokzal hududiga 3 ta darvozalar orqali kirish – chiqish joylari mavjud.
Jamoat transportlari uchun maxsus perronlarning uchdan bir qismi hozirda bo‘sh holatda. Baʼzi yo‘nalishlardagi jamoat transportlari darvozalarning o‘zlariga qulay bo‘lgan qismlarida yo‘lovchilarni olish va tushirish ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Albatta transportlarning avtovokzal hududida ko‘proq harakatlanadigan qismlarida yer cho‘kishi hosil bo‘lib yog‘ingarchilik natijasida suv to‘planib qolishi kuzatilmoqda.
Boshqarma tomonidan “Ixtirochi” MCHJ bilan mazkur holat tanqidiy tahlil etildi. Jamiyat ushbu muammoni yer qatlamidagi muzning erishi hamda yer qatlamining qurishi bilanoq bosqichma-bosqich bartaraf etilishini maʼlum qildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI