RASMIY MUNOSABAT

04.01.2023

Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Vodiy1.uz kanalida yo‘l kira narxlarini sun’iy ortishi yuzasidan bir qancha fuqarolar murojaati kelib tushdi. Ushbu fuqarolar murojaatlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Andijon shahridagi 1-sonli (33), 22-sonli (222), 94-sonli (394) yo‘nalishlarida zamonaviy rusumdagi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan.

 

Andijon shahridan Andijon AV-Shahrixon AS yo‘nalishida 8 ta Isuzu rusumli avtobuslar hamda 8 ta mikroavtobuslar qatnovi tashkil etilgan.

Xo‘jaobod AS – Andijon yo‘nalishida Andijon AV-Do‘stlik bojxona posti (Xo‘jaobod orqali) yo‘nalishida 10 ta Isuzu rusumli avtobuslar harakati tashkil etilgan.

Quyida keltirilgan yo’nalishlarda jamoat transportida hech qanday uzilishlar bo’lmayotganligini ma’lum qilamiz.

Hurmatli viloyatimiz aholisi Andijon viloyati transport boshqarmasi yo‘l kira narxlari ortishi bilan bog‘liq muammolarni oldini olish maqsadida viloyatdagi jamoat transportida aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan tashuvchilar uchungina yoqilg‘i bilan bog‘liq muamolarni bartaraf etib kelmoqda.

Yo‘nalishlarda jamoat transportidan foydalanishingizni so‘raymiz.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI