MUNOSABAT

Kecha telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Bastion kanalida Andijon – Marhamat yo‘nalishidagi yo‘l kira narxlari ortganligi yuzasidan murojaat eʼlon qilindi. Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Viloyatdagi barcha yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari gaz yoqilg‘isiga moslashtirilgan. Hozirda ushbu mahsulotni faqatgina aholi isteʼmoli uchun yo‘naltirilganligi sababli yo‘nalishlardagi yo‘nalishli taksi haydovchilari benzin yoqilg‘isida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishiga to‘g‘ri kelyapti. Shunga asosan yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlari ortgan.
Bugungi kun holatiga Andijon – Marhamat yo‘nalishida jami 14 ta jamoat transportlari qatnovi tashkil etilgan. Shundan 6 ta avtobuslar (4 ming so‘m) hamda 10 ta mikroavtobuslar (5 ming so‘m) qatnovi tashkil etilgan.
Hurmatli viloyatimiz talabalari yo‘nalishlarda jamoat transporti xizmatidan samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz.
Andijon viloyati transoprt boshqarmasi
MATBUOT XIZMATI