Andijon shahri jamoat transporti tarkibi yangilanib yangi yo‘nalishlar tashkil etilmoqda


Shahar, shahar atrofi avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida ishlash huquqini olish uchun 2023-yilning 10-yanvar sanasida bo‘lib o‘tgan tender natijalari asosida YT-40 Qo‘shariq AS - Bo‘riboy MFY (mikroavtobus) yo‘nalishida 10 ta yangi Gazel Next mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Yo‘nalishda “Alpomish merosi” MCHJ xizmat ko‘rsatib, yo‘l kira narxlari 1500 so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda aholi murojaatlari asosida sinov tariqasida 44-sonli “3-kichik daha – Jahon bozori” yo‘nalishida 10 ta Gazel rusumli mikroavtobuslar qatnovi tashkil etildi. Yo‘nalish masofasi 12 km.ni tashkil etib, yo‘l kira narxi 1000 so‘m etib belgilandi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI