ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURGA EHTIROM KO‘RSATILDI...


Ayni daqiqalarda shoh va sarkarda, benazir shoir, jahon ilm-fani hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan hamyurtimiz Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir Andijon shahridagi Bobur maydonida bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab unda viloyat, tuman va shahar hokimliklari, korxona va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Andijon viloyati transport boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar shuningdek, Hindiston, Afg‘oniston, Qozog‘icton, Qirg‘iziston va Amerikadan kelgan boburshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari hamda talaba-yoshlar buyuk bobomizga hurmat ifodasi sifatida uning haykali poyiga guldastalar qo‘ydilar.
Tadbirda so‘z olganlar buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan adabiy-ilmiy merosning qadr-qimmati, jahon adabiyotining nodir xazinalari sifatida asrlar davomida e’zozlab kelinayotgani haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI