Navbatdagi “Hayotimiz sizning qo‘lingizda” hamda “Sizni oilangiz kutmoqda” tag‘ibot tadbirlari

23.02.2023

    Maʼlumki 2023-yil 10-fevral kunidan 10-mart kuniga qadar Andijon viloyatida “Yo‘l harakati madaniyati oshirish oyligi” eʼlon qilindi.

  Ushbu “Yo‘l harakati madaniyatlini oshirish oyligi”da Andijon viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘nalishlarda hushyorlikni oshirish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘lovchilarni tushirish va chiqarishda harakat havsizligiga qatʼiy rioya etishlari bo‘yicha avtovokzal va avtostansiyalarda, to‘xtab turish bekatlarida targ‘ibot materiallari tarqatilib haydovchilarning “Haydovchilik madaniyatini” shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

  Mazkur oylik davomida yo‘l transport qatnashchilaridan harakat xavfsizligiga qatʼiy rioya qilishliklarini so‘rab qolamiz.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI