MUNOSABAT

23.02.2023

   Bugun Bastion telegram kanalida “Mening murojaatim transport boshqarmasiga mana anomal sovuqdan xam eson omon chiqib oldik” mazmunidagi fuqarolar murojaati yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

   Boshqarma inspektorlari tomonidan yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlari yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Albatta boshqarmaga yo‘llangan barcha murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib taʼsir choralari qo‘llaniladi.

   Bugun ushbu ijtimoiy tarmoqdagi yo‘l kira narxlari yuzasidan transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan 9-sonli 14-sonli hamda 67-sonli yo‘nalishidagi haydovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib yo‘l kira narxlarini o‘z joyiga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berib o‘tildi.

 

Yo‘l kira narxlarini ortishi bilan bog‘liq holatlar qatʼiy tartibda ko‘rib chiqilishini bildirib o‘tamiz


Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI