Yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlari yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari

24.02.2023

   Maʼlumki viloyatimizda gaz yoqilg‘iSi bilan bog‘liq muammolar sababli yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlari sunʼiy ortishi bilan bog‘liq holatlar yuzaga keldi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida yo‘nalishlardagi jamoat transporti harakati uzviyligi taʼminlangan edi.

  Endilikda viloyatda gaz yoqilg‘isi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishiga qaramasdan hali xam yo‘nalishlarda yo‘l kira narxlari yuzasidan ko‘plab fuqarolar murojaatlari kelib tushmoqda. Shunga asosan transport boshqarmasi xodimlari tomonidan barcha yo‘nalishli transport vositalari haydovchilari bilan bevosita ochiq muloqotlar o‘tkazilib qatʼiy ogohlantirishlar berib o‘tilmoqda.

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI