Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari bo'yicha seminar-trening

28.02.2023

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son Qarori ijrosini mazmun mohiyati yuzasidan Toshkent shahrida seminar-trening o‘tkazilmoqda.

   Seminar-treningda Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i O‘.Mashrapov, boshqarmaning Avtomobil transporti bo‘limi boshlig‘i A.Asronov hamda Andijon shahar hokimligi mutaxassisi M.Mo‘ninovlar ishtirok etmoqda.

   Birinchi navbatda Toshkent shahar yo‘lovchi transporti dispetcherlik markazini tashkil etilishi va ishlash tartibi bo‘yicha ko‘rgazmali seminarda ishtirok etib shundan so‘ng Uchtepa tumanida joylashgan 18-avtobuslar saroyida transport vositalarini ishga chiqish tartibi va dispetcherlik xizmati bo‘yicha ko‘rgazmali seminar qatnashdilar.


Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI