Jamoat transporti yo‘nalishlarini avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga o‘tkazish

29.11.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-316-sonli qarori ilovasining 2.3.4.2-bandida, “Jamoat transporti yo‘nalishlarini avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatiga o‘tkazish” vazifasi yuklatilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi "Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Nurmatovlar buyuk kelajak sari" MCHJ tomonidan, pudratchi Umarova Aziza Vositovna bilan tuzilgan № 9051, 9051-2-sonli shartnomalarga asosan, quyidagi jamoat transporti yo‘nalishlarida ya’ni, Andijon-Farg‘ona yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 23 ta, Andijon-Buloqboshi yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 11 ta, SHIYT-40 yo‘nalishli taksi yo‘nalishida 10 ta, Andijon -Xonobod yo‘nalishli taksi yo‘nalishida harakatlanuvchi 9 ta mikroavtobuslar navigatsiya qurilmalari bilan jihozlanib, avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati tashkil etilganligini ma’lum qiladi.

 

 Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI