MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR !!!

30.01.2021

Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasida viloyat ma’naviyat-ma’rifat markazi ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Andijon Davlat universiteti prorektori tarix fanlari doktori professor Baxtiyor Rasulov hamda viloyati bosh otinoyisi Shoiraxon Qosimovalar ishtirokida boshqarma inspektorlarining ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida B.Rasulov tomonidan tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmasligini, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib berishini ta’kidlab o‘tdi.

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI