Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi yuzasidan o‘tkazilgan vebinar


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi hamda tizim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati chuqur anglab yetish bo‘yicha vebinar o‘tkazildi.
Vebinarda:
- davlat boshqaruv idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish;
- boshqaruv idoralarining hududiy masalalarini hal qilishdagi ma’suliyat va javobgarlikni kuchaytirish;
- mahalla – jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdon ko‘zgusi;
- kambag‘allikka qarshi kurashish - 2021 yilning asosiy iqtisodiy masalalari;
- xususiylashtirish va transformatsiya jarayoni davom etishi;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, pandemiyada biznesni himoya qilish mavzulari muhokama qilindi.