TIRBANDLIKNI OLDINI OLISН


Andijon shahri markaziy ko‘chalarida yuzaga kelayotgan tirbandlikni oldini olish bo‘yicha viloyat hokimi tomonidan bir qancha topshiriqlar berilgan. Xususan Andijon shahar hokimligi mutasaddilariga Pirmuhammedov ko‘chasida joylashgan “Shinam” qurilish mollari bozori (xalq tilida Trikotaj) old qismida yo‘l chetida to‘xtab turgan avtotransport vositalari ushbu yo‘l kesimida tirbandlikni yuzaga keltirishini bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shunga asosan, Andijonsoy kanali yon qismida 180 m x 12 m o‘lchamda avtotransport vositalari uchun avtostoyanka tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.