Yangi yo‘nalish: Toshkent – Namangan – Andijon yo‘nalishida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi


2021 yil 16 fevral kunidan boshlab, 64/63-sonli Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi.
Mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, ya’ni 64-sonli yo‘lovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent – Namangan – Andijon yo‘nalishida, 63-sonli yo‘lovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon – Namangan – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI