HAYDOVCHILAR DIQQATIGA!

06.01.2021

 Kecha bergan ma’lumotimizga ko‘ra Andijon shahrida tirbandliklarni oldi olish maqsadida 4 ta chorraxada cho‘ntak yo‘llar qurilishi hamda A.Temur shohko‘chasi va Paxtakor ko‘chasi tutashmasida yo‘l kengaytirish ishlari amalga oshirilayotganligi yuzasidan xabar berilgan edi.

Shunga asosan, A.Temur shohko‘chasi va Paxtakor ko‘chasi (halq tilida Molochniy dagi temir yo‘l kesishmasi orqali o‘tuvchi yo‘l) tutashmasidagi yo‘lni kengaytirish maqsadida 7 yanvar sanasidan 10 yanvar sanasiga qadar avtotransport vositalari xarakati vaqtinchalik cheklanishini ma’lum qilamiz.

Ushbu temir yo‘l kesishmasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Andijon temir yo‘l masofasi korxonasi tomonidan yo‘l kengaytirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.