RASMIY MUNOSABAT


20.01.2021 yil kuni Andijon | Kun.uz sayti orqali Taksi haydovchilariga qachon yengillik beriladi? mazmunidagi fuqaro murojaati bo‘yicha viloyat transport boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Shunga asosan, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘z.R. Qonuniga asosan tashuvchi tadbirkorlik sub’yekti bo‘lganligi sababli, o‘z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish xuquqiga ega.
Jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi shartnoma shartlarining o‘zgarilishiga, uning bekor qilinishiga tomonlarining kelushivi bilan yo‘l qo‘yiladi. O‘z.R. FKning 551-552 moddalariga asosan, yozma ogoxlantirish va o‘z majburiyatlarini bajarishga imkon berilgandan so‘ng taraflarning birinchi talabi bilan sudning qaroriga asosan shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Shuningdek O‘z.R. FKning 1 moddasiga asosan (fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda erkindirlar).
Ma’lumot o‘rnida tashuvchi monopolist tashkilot emas ya’ni Andijon viloyatining o‘zida bugungi kun holatiga 500 dan ortiq yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mavjud.