RASMIY MUNOSABAT

25.01.2021

Andijon Bugun telegramm ijtimoiy tamog‘idagi #Diqqat Buni xamma shopirlarga tarqating. Deyarli shaxarlarimizda xar kuni uchraydigan xolat Daryo Trans avtomobillarni to‘xtatadi yoki quvlaydi aslida esa...  ushbu ma’lumot berildi.

O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan.

Shuningdek, viloyat transport boshqarmasi nazorat tadbirlarini O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ning 238 sonli qarori 6-bandi hamda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2017 yil 12 iyuldagi 61-son buyrug‘iga [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 28 iyulda 2906 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan]  ilova qilingan nizom asosida amalga oshiradi.

Sizga shuni ma’lum qilamizki rasmiy ma’lumotlarni hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bevosita transport boshqarmasidan olishingizni so‘raymiz. Albatta bu holis hisoblanadi.