RASMIY MUNOSABAT

06.02.2021

 04-05.02.2021 yil kunlari Otebek Nuritdinov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali ANDIJON VILOYATI TRANSPORT BOSHQARMASI INSPEKTORLARI AVTOMOBILLARNI JARIMA MAYDONIGA OLIB KIRISH VAKOLATLARI BORMI? Mazmunidagi, Andijon shahar deputati hamda fuqaroning murojaati yuzasidag quyidagilarni ma’lum qiladi.

       VMning 2018 yil 9 iyundagi 434-son Qarorining 5 bandi ye-qismiga xamda VM ning 2020 yil 8 maydagi 271-son Qarorining 5 bandi ye-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda yo‘l harakati xavfsizligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar transport boshqarmalari inspektorlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi tezkor mobil guruhlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida tashuvchilar tomonidan yo‘lovchilar tashishda xavfsizlikni ta’minlash talablariga, tender kontraktlari va yuklarni tashish shartlariga rioya etilishi, avtotransport vositalarining qatnovoldi majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan hamkorlikda reydlar o‘tkazish;

      Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 25 apreldagi 238-son 6-bandiga asosan boshqarma inspektorlari tomonidan MJtKning 1444, 1445, 1452, 1461, 165, 1763, 1764 va 198 moddalarida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar uchun bayonnomalar rasmiylashtiradi.

        Andijon shahar deputati Djiyanov Jaxongir Odiljanovich Asaka tumani deputati Ergashev Saydullo Artiqaliyevich yordamchisi Dadaboyev Xusanboy G‘ofurovichlar ta’kidlagan transport vositasini ushlab turishga vakolatingiz bormi?

  MJtKning 291-modda. Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi

 Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar amalga oshirilishi mumkin, chunonchi: Oldingi tahrirga qarang. a) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 901 -moddasida, 125- moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 125-1 moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128-6 -moddasida (agar  transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 135-1 -moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137, 176-3 -moddalarida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonun hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;

        Andijon shahar deputati Djiyanov Jaxongir Odiljanovich Asaka tumani deputati Ergashev Saydullo Artiqaliyevich yordamchisi Dadaboyev Xusanboy G‘ofurovichlar ta’kidlagan transport vositasini litsenziya olganidan keyin jarima maydonidan chiqarib yuborish degan talabiga?

 271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar

271-11) agar ushbu Kodeks 164-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 165- moddasining birinchi qismida, 166-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 167- moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 168-moddasida, 171-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 172, 173-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741 -moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 175- moddasining birinchi va oltinchi qismlarida, 1751 -moddasining birinchi qismida, 1753 , 1754 - moddalarida, 1755 -moddasining birinchi qismida, 1761 — 1764 -moddalarida, 177- moddasining birinchi qismida, 1771 -moddasining birinchi qismida, 1772 -moddasining birinchi qismida, 178-moddasining birinchi, uchinchi — sakkizinchi qismlarida, 1781 - moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1792 -moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1794 -moddasining birinchi qismida, 1795 -moddasida, 215-moddasining birinchi qismida, 2151 -moddasining birinchi qismida, 2278 -moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22714 -moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22715 -moddasining birinchi qismida, 22716 -moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 22718 -moddasining birinchi qismida, 22719 -moddasining birinchi qismida, 22721 -moddasida, 22722 -moddasining birinchi qismida, 22723 -moddasida, 22724 , 22725 va 22726 -moddalarida, 22727 -moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yoxud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan hollar mustasno.

(izox: ma’muriy xuquqbuzarlikni bartaraf etgandan so‘ng huquqiy baxo (xulosa) berish Sud organlari vakolatiga kiradi)

        Andijon shahar deputati Djiyanov Jaxongir Odiljanovich Asaka tumani deputati Ergashev Saydullo Artiqaliyevich yordamchisi Dadaboyev Xusanboy G‘ofurovichlar tomonidan bo‘yalmagan transport vositalariga nega litsenziya bermayabsizlar?

       Vazirlar Maxkamasining  2003 yil 4 noyabrdagi 482-son hamda  2011 yil 18 maydagi 139-sonli qarorlariga zid hisoblanadi. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari bilan birgalikda 2012 yil 1 yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishsiz taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlasin;

Ushbu nizomning b) yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi; v) yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Toshkent shahri uchun — «fil suyagi» rangidagi avtotransport vositalari qo‘yiladi. Yo‘nalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga bo‘yash avtotransport egasi tomonidan, texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalarida amalga oshiriladi.

Andijon viloyati Transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI