60 YOSHINGIZ MUBORAK BO‘LSIN

22.04.2021

Usmanov Valijon 1961 yilda Andijon viloyati  Andijon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy,  1983 yilda Toshkent avtomobil transporti va yo‘llari institutini tamomlagan, transport sohasida ko‘plab yutuqlarga erishgan jumladan 2011 yili O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan “Mustaqilligining 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

V.Usmanov tajribali, yuqori malakali, mehnat faoliyati davomida o‘zini ijobiy tomondan intizomli, kamtarin, xizmat burchiga mas’uliyat bilan qaraydigan xodimdir.

V.Usmanov viloyatda aholiga avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatishni takomillashtirishda, uning sifatini oshirishda faol va samarali mehnat qilib, alohida jonbozlik ko‘rsatib kelgan inson.

Boshqarma Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklab, Sizga mustaxkam sog‘lik, boqiy umr, barcha rejalashtirgan ishlaringizda omad tilab qoladi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI