OGOH BO‘LING !!!

08.01.2021

✈ Bugungi pandemiya sharoitida fuqarolarning havo yo‘llaridan foydalanish qisman cheklangan. Hozirda viloyat transport boshqarmasiga ko‘plab fuqarolar tomonidan sotib olingan aviabiletlarni qaytarish bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Fuqarolarga shuni ma’lum qilamizki chet elga chiqib ketish mobaynida ularning davlatimiz hududida joylashgan elchixonalar orqali to‘liq ma’lomotga (ya’ni chet el elchixonalari orqali o‘sha davlatning chegaralari ochiq ekanligiga ishonch hosil qilgan holda hamda mamlakatga kirishda cheklovlar bor yoki yo‘q ekanligiga aniqlik kiritib) ega bo‘lgan holda aviachipta sotib olishlarini bildiramiz.

Shuningdek, elchixonalarning ishonch telefonini ularning rasmiy saytlaridan olishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

Rossiya federatsiyasi

Qozog‘iston Respublikasi

Qirg‘iziston Respublikasi