TRANSPORT BOSHQARMASIDA XOTIRA TURNIRI


Prezidentimizning “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoniga binoan Transport vazirligi tizimida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi viloyat transport boshqarmasi tomonidan bajarilib kelinmoqda. Hususan joriy yilning 30 yanvar kuni boshqarma tomonidan transport sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan Jumaboyev Botirjon Abdurasulovich hamda Abdullayev Maxmudjon Xasanovichlarga bag‘ishlab ⚽ futbol bo‘yicha “Xotira turniri” o‘tkazildi. Xotira turnirida 6 ta jamoa ishtirok etib, g‘olib jamoalar boshqarma boshlig‘i tomonidan taqdirlandi.