Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan o‘tkazilgan davra suhbati.

25.01.2021

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan o‘tkazilgan davra suhbati.

Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Andijon vagon deposi hodimlari Transportda havfsizlikni ta’minlash boshqarmasi hamda Transport boshqarmasi hodimlari ishtirokida 2021 yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e’lon qilinganligi hamda Prezidentimizning yoshlar borasidagi siyosatlari yuzasidan o‘tkazildi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish hamda Respublikamiz hududida diniy erkinlik va ijtimoiy tarmoqlardagi yoshlar fikr mulohazalarining bugungi kun talabiga javob berishi bo‘yicha ma’lumotlar berilib o‘tildi.

Shuningdek, Andijon vagon deposidagi yoshlar yetakchisiga yuklatilgan vazifalar hamda ularni bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi va yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini munazam tashkillashtirishni nazorat qilishdagi chora tadbirlari o‘rganildi. Shunga asosan yoshlarni qiynab kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganish va ularning yechimlari bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI