9 aprel buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur ibn amir Tarag‘ay tavallud topgan kun.


Buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy olami hususida fikr yuritganda, Sohibqiron Amir Temur haqida alohida to‘xtashimiz tabiiydir. Chunki tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirgan, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik din va ma’naviyat rivojiga yo‘l ochgan.
Yirik davlat arbobi, ulug‘ sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil, 9 aprel kuni Shahrisabz shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da tavallud topgan.
Biz ularni doim xotirlab, ular bilan faxrlanib yashaymiz!
Biz buyuk ajdodlarning avlodlarimiz!
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI