AEROPORT HODIMLARI O‘RTASIDA YOSHLARNI QO‘LLAB QUVVATLASH VA AHOLI SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN OCHIQ DAVRA SUHBATI

09.04.2021

Kuni kecha Z.M.Bobur nomidagi Andijon halqaro aeroportida Transportda havfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, DXX, Transport boshqarmasi hamda aeroport hodimlari ishtirokida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.

Ochiq davra suhbatida Prezidentimizning yoshlarga oid siyosati,  yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda aeroport xududida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulotda holatlarni olidini olish, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlargi kirib qolmasliklarini olidini olish ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili munosabati bilan aeroport hududidagi yoshlar va hodimlarning muammo va takliflari o‘rganildi.

Shu bilan birga, har bir ishchi hodimga ish faoliyati jarayonida ishonib topshirilgan vazifalarini  sidkidildan  bajarish, texnika jixozlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish yuzasidan tegishli kursatmalar berildi.

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI