Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimiga qo‘yilgan talablar

Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash axborot tizimiga qo‘yilgan talablar
Quyidagilar axborot tizimiga qo‘yilgan talablar hisoblanadi:
- aholini ro‘yxatga olish so‘rovnomalari shakllaridagi mavjud savollarni dasturiy tizimda shakllantirish;
- tizimga kiritilgan ma’lumotlarni mantiqiy nazorat orqali doimiy tekshirib borishini ta’minlash;
- avtomatlashtirilgan tizimning shaxslar haqida axborot (STIR, passport tizimi va hokazolar) olish uchun davlat organlari axborot resurslari bilan integratsiyasini ta’minlash;
- aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning shaxsiy ma’lumotlarini avtomatik qayta ishlash;
- shaxsiy ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, og‘rilash, buzish yoki yo‘qotishlardan himoya qilish;
- ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash sharti bilan qo‘shimcha so‘rovlarni shakllantirish uchun shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlar bazasiga ayrim tadqiqotchilarning belgilangan tartibda kirishini muvofiqlashtirish.