ALVASTI KO‘PRIK

08.04.2021

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Ko‘prikqurilish” tresti 2 otryadi  tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon tumaninining Qo‘rg‘oncha MFY, Fayziobod mahallasidagi Shaxrixonsoy kanali orqali o‘tuvchi xalq tilida “alvasti ko‘prik” nomini olgan  ko‘prik yaroqsiz holatga kelib qolganlgi sababli qayta qurib bitkazildi. Joriy yilning 4 fevral sanasidan qurilishi boshlangan ko‘prik 17 mart kuniga qadar tugatildi.

   Yangi ko‘prikning uzunligi 24 m, kengligi 7 metr (piyodalar yo‘lakchasi bilan) ni tashkil etadi. Ushbu ko‘prikning ahamiyatliligi shundaki 50 ga yaqin xo‘jalik, 300 nafar aholi yashaydigan Fayziobod mahallasini Qo‘rg‘oncha MFY bilan bog‘laydi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI