ANDIJON-SAVAY-XONOBOD TEMIR YO‘L UCHASTKASI


Prezidentimizning 2020 yil 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifida “Andijon-Savay-Xonobod” temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish hamda yo‘nalishda yo‘lovchi poyezd reyslarini yo‘lga qo‘yishni Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yuklagan.
Shunga asosan Andijon-Savay-Xonobod temir yo‘l uchastkalarida barcha qurilish ishlari yakunlanmoqda. Joriy yilning 20-21-22 mart kunlari “Navro‘z bayrami” arafasida Andijon-Xonobod temir yo‘l liniyasida sinov tariqasida yo‘lovchi poyezdi harakatlanishi ko‘zda tutilgan.
Aholining temir yo‘l transportiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, ularga qulayliklar yaratish maqsadida, Xonobod temir yo‘l vokzali to‘liq bitkazilgan. Hozirda binoning ichki qismlarini jihozlash ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI