Andijon shahri Bosh rejasi: jarayon va ijro.

28.11.2024

Andijon shahrining transport va yo'l-transport infratuzilmasi Bosh rejasi: jarayon va ijro.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transport tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-59 sonli qaroriga asosan Transport Loyiha Ofisi bilan birgalikda “Andijon shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasini ishlab chiqish” boʻyicha chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.



Ayni paytda Andijon shahar transport Arteriyalari boʻlgan asosiy koʻchalarda, shaharga kirish joylarida, transport oqimlari, zichligi, yuklanganligi oʻrganilmoqda.



Shu bilan birga hozirda Andijon shahridagi Amir Temur, Navoiy va bir qancha koʻchalarning umumiy 50 ta chorrahalarida joriy etilgan “Aqlli svetafor” boshqaruv tizimini ishga tushirish boʻyicha hamda asosiy koʻchalarda avtobuslar harakati ustuvorligi, transport oqimlari barqaror tezligini ta’minlashga qaratilgan manzilli yechimlar ishlab chiqilmoqda. 


Amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida, Andijon shahar transport tizimini rivojlantirish boʻyicha asoslantirilgan manzilli dastur (master reja) ishlab chiqiladi.