ANDIJON VILOYATINING BARCHA HUDUDI JAMOAT TRANSPORTI BILAN QAMRAB OLINADI.


Bugun “Alpomish merosi” MChJ tomonidan olib kelingan 10 ta Azia star (Xitoyning “Yangzhou Yaxing Motor Coach” kompaniyasiga tegishli) hamda 10 ta Isuzu rusumli avtobuslar Andijon shahrining SHI – 1 Gulshan - Shahidtepa (shahar ichi – 1 Viloyat IIB YHXB – Markaziy shahar shifoxonasi) yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lovchilar tashishni boshladi.
Ma’lumot uchun: Avtobuslarning yo‘l kira narxi 1000 so‘mni tashkil etib, Xitoy kompaniyasiga tegishli bo‘lgan avtobuslar ❄ sovutish tizimiga ega.
Boshqarma MATBUOT XIZMATI