SAYYOR SUD

SAYYOR SUD
Andijon viloyati transport boshqarmasida Jinoyat ishlari bo'yicha Andijon shahar sudining tergov sudyasi T.To'raqulov tomonidan "Sayyor sud" o'tkazildi.
Sud jarayonida Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil va suv transportida nazorat Andijon viloyati hududiy bo'limi inspektorlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javoglbgarlik to'g'risidagi Kodeksning 176³-moddasi va 146¹-moddasi bilan rasmiylashtirilgan ma'muriy bayonnomalar ko'rib chiqilib, tegishli tartibda qarorlar qabul qilindi.
Huquqbuzarlik sodir etib belgilangan tartibda ushbu huquqbuzarlikni bartaraf etgan 42 nafar haydovchilarning ishlari MJtKning 271-modda 11-bandi bilan tugatildi. Qolgan 75 nafar haydovchilarga ma'muriy jazo choralari qo'llanildi.
Shuningdek, sayyor sudda ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarga nisbatan jazo qo'llash bilan bir qatorda ma'muriy huquqbuzarlik sodir qilishning huquqiy oqibatlari to'g'risida tushunchalar berib o'tildi.
Bugungi kunda sudlar tomonidan ishlarni ko'rishning ochiqligi, shaffofligini ta'minlash, qabul qilinayotgan qarorlarining qonuniy va adolatli bo'lishiga erishish hamda mazkur ishlarni amalga oshirishda keng aholi vakillarini jalb etish orqali, odil sudlovga bo'lgan ishonchni mustahkamlash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.