DIQQAT E’LON!

17.05.2021

   Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish ob’yektidagi Namangan-Chortoq bekatlari oralig‘idagi 108 - km 7-piketidagi temir beton ko‘prigini qayta ta’mirlanishi sababli, joriy yil 17 maydan 7 iyungacha qurilish montaj ishlari olib boriladi. Ushbu vaqt oralig‘ida yuk va yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

 Toshkent-Namangan-Andijon yo‘lovchi poyezdlar qatnovi Toshkentdan-Namangan bekatigacha hamda Qo‘qon-Namangan-Andijon shaharlararo qatnovchi elektropoyezd Namangan bekatigacha  amalga oshiradi.

   Yuk va yo‘lovchi tashish poyezdlarining yo‘nalishi Pop-Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi.

 

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI