Har juma – “Milliy liboslar” kuni!

14.02.2025

Har juma – “Milliy liboslar” kuni!
________________________________________
Milliy libos – bu nafaqat an’anaviy kiyim, balki yurtimiz madaniyati va o‘zligimizning ajralmas qismidir. Shu bois, Andijon viloyatidagi jamoat transportida har juma milliy libos (do’ppi)da faoliyat yuritish an’anasi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tashabbus xalqimiz milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, tarixiy merosimizni asrab-avaylash va yosh avlodga ulug‘vor an’analarimizni yetkazish maqsadida joriy etildi.
Avtobus haydovchilari milliy do’ppida ishga kelish bilan birga, uning ma’naviy ahamiyatini ham jamoatchilikka yetkazishga hissa qo‘shmoqda.

Milliy libos – milliy g‘urur!

Keling, an’analarimizni ardoqlaylik va ularni hayotimizga yanada chuqurroq singdiraylik!


Andijon viloyati transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.