Andijonda 3 ta institutni bog‘lovchi yo‘nalishda yangi avtobus qatnovi tashkil etildi


Viloyatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlarini yaxshilashda arzon, sifatli hamda yo‘lovchilarga qulay bo‘lgan shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, yo‘nalishdagi harakat xavfsizligini ta’minlash, shahar jamoat transportini rivojlantirish maqsadida Andijon shahridagi 22-sonli yo‘nalishli taksi “Pistamozor – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishida (600 dan ziyod Damas avtotransport vositalari tashkil etuvchi) avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
E’tiborli jihati avtobuslar viloyatdagi 3 ta institutini bog‘lovchi Bobur shoh ko‘chasi orqali harakatlanmoqda.
Mazkur yo‘nalish 14 - son “Gulshan – Markaziy shahar shifoxonasi” yo‘nalishi hisoblanib, mazkur yo‘nalishda hozirda 20 ta Isuzu rusumli avtobuslar yo'lovchilar tashish bilan shug'ullanmoqda.
Ma’lumot uchun: Avtobuslarning intervalligi 10 minut bo‘lib, yo‘nalishdagi yo‘l kira narxi 1000 so‘m.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI