KORONAVIRUS INFEKSIYASINI OLDINI OLISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

16.03.2021

 Ma’lumki, 2020 yil nafaqat dunyo hamjamiyati uchun balki Respublikamiz uchun ham og‘ir kechdi. 2020 yilda Respublikamiz aholisining salomatligini asrash bo‘yicha barcha tashkiliy choralar ko‘rilishiga qaramay pandemiya Respublikamizni ham chetlab o‘tmadi. 2020 yilda koronavirus infeksiyasini oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar siz va bizning ushbu kabi viruslar bilan qanday tartibda kurashishimizda turtki bo‘ldi.

Kuni kecha Respublikamizning turli hududlarida kooronavirus infeksiyasining yangi to‘lqinlari paydo bo‘lganligi siz va bizga sir emas. Bugun viloyat transport boshqarmasi haydovchi va yo‘lovchilarni karantin talablariga qat’iy rioya qilishliklarini so‘rab qoladi. Zero bu siz va bizning ushbu virus tashuvchisiga aylanib qolmasligimizni oldini olish uchun xizmat qiladi.

Hozirda Andijon viloyatida joylashgan barcha avtovokzal, avtostansiya, temir yo‘l stansiya va vokzallarida koronavirus infeksiyasini oldini olish bo‘yicha temir yo‘l korxona tashkilotlari, yo‘lovchi vagonlari,  avtobus hamda mikroavtobuslarni dezinfeksiyalash ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Shuningdek,  temir yo‘l vokzali, avtovokzal hamda avtostansiyalarda himoya niqobisiz yurgan yo‘lovchi va haydovchilarga maxsus niqoblar tarqatilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI