MOSKVA – ANDIJON YO‘NALISHIDAGI CHARTER REYS QATNOVI


✈ Bugun Andijon viloyati halqaro aeroportiga «AZUR Air» aviakompaniyasi tomonidan Moskva – Andijon yo‘nalishida charter reys qatnovi amalga oshirildi.
Ushbu reys bilan 161 nafar yo‘lovchilar Andijon halqaro aeroportiga keldi. Aeroport hududida yo‘lovchilar belgilangan sanitariya-epidemiologiya talablariga to‘liq rioya qilingan holda kutib olindi.
Havo kemasi mahalliy vaqt bilan 9:07 da Andijon halqaro aeroportiga qo‘ndi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI