NAZORAT TADBIRLARINI TASHKILLASHTISH VA O’TKAZISH JARAYONI

24.05.2021

  Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy boshqarmalarining “Avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish” bo‘limi inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 28 iyulda 2906 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan buyruq asosida amalga oshiriladi.

  Nazorat tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 434-sonli qaroriga asosan hududiy IIB YHXB inspektorlari bilan birgalikda o‘tkaziladi.

  Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-son qarorida belgilab o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining quyidagi:

144-modda. to‘rtinchi va beshinchi qismlari (transportda chiptasiz yurish);

145-modda. ikkinchi qismi bilan (yo‘lovchilarni chiptasiz tashish);

146-1-modda. (tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatini bajarmasligi);

165-modda. (faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish);

176-3-modda. (avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish);

176-4-modda. (taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga, yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yo‘lga chiqarmaslikka doir talablarni buzish,);

198-modda. (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish);

Shuningdek, 2020 yil 5 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-640-sonli qaroriga asosan: MJtKning 125-2-modda. (boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuklarni va (yoki) yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish) nazarda tutilgan avtomobillarda tashuvlar sohasida huquqbuzilishlar to‘g‘risidagi protokollar transport boshqarmalarining inspektorlari tomonidan tuziladi.

 

Boshqarma MATBUOT XIZMATI