O‘QUV SEMINAR TRENING


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining 2021 yil 29 apreldagi 92 – sonli “Avtomobillarda tashuvlar sohasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, videokonferensiya shaklida avtomobil tashuvlari havfsizligini ta’minlashni nazorat qilish bo‘limi inspektorlari uchun o‘quv seminar – trening o‘tkazildi.
Seminar – treningda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi 238-son Qarori va O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 05 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi 640-sonli Qonuni ijrosi hozirda hududlarda bajarilishi taminlash asosiy vazifa etib belgilandi.
Boshqarma MATBUOT XIZMATI