O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

11.01.2024

https://t.me/vodiybozor/160183

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.07.2022 yildagi PQ-311-son

AVTOTRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISHDA VA YO‘NALISHSIZ TAKSI FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA QO‘SHIMCHA QULAYLIKLAR YARATISH TO‘G‘RISIDA
 
Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, respublikada yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish hamda transport xizmatlari bozorini rivojlantirish maqsadida:
1. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilsin.
5. 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi;
o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili to‘qsariq rangli fonar o‘rnatiladi;


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-iyul,
PQ-311-son

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/311/0608-son)

Andijon viloyati Transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI