Sayyor qabul

Sayyor qabul
..........................
Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i Shamsiddin Usmonov tomonidan joriy yil 16 noyabr kuni Oltinko‘l va Baliqchi tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslar uchun Oltinko‘l tumanidagi XALQ QABULXONASIda sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul jarayoni Xalq qabulxonasi binosida soat 09:00 da boshlanadi.
Qabulda tumandagi transport sohasidagi muammolar va ularning yechimi, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xaydovchilar va yuridik shaxslarni transport soxasiga oid murojaat va takliflari o‘rganilib chiqiladi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.