MUROJAATGA MUNOSABAT

30.12.2020

Kuni kecha @SizdanTelegram ijtimoiy tarmog‘ida “Asaka tumanidagi ba’zi yo‘nalishlarda Damas rusumli avtotransport vositalari haydovchilari yo‘l kira narxlarini oshirganligi hamda tumanda avtobus transport vositasi kamligi?” mazmunidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Transport vositalarining zichligi hamda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar soni bo‘yicha Asaka tumani Andijon shahridan keyingi o‘rinda joy olgan. Transport boshqarmasi inspektorlari hamda Asaka tumanidagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar rahbarlariga haydovchilari tomonidan yo‘l kira narxlarini asossiz oshirib olmasliklarini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Asaka tumanining hududidan kelib chiqib tumanda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchi korxonalar tomonidan avtobus transport vositalari sotib olingandan so‘ng yo‘nalishlarga qo‘yish rejalashtirilgan.