E'LON

E ‘LON!
Andijon viloyati hokimining tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan holda Аndijondagi barcha sohalar kabi transport sohasida ham shaxmat musobaqalarini o‘tkazish belgilangan.
Shaxmat sportini kengroq targ‘ib qilish, havaskor shaxmatchilarning sport malakasini oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida joriy yil 19-oktabr kuni soat 10:00 da Andijon viloyati Transport boshqarmasida “Transport boshqarmasi boshlig‘i sovrini” uchun Shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi. Musobaqada barcha yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga boshqarma tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar topshiriladi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.