Andijonda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv.

28.08.2024

Andijonda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv.

 

    Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov bugun boshqarmada Prezidentning “Jamoat transportini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59 son qarori ijrosi yuzasidan, jamoat transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport korxona rahbarlari bilan sayyor qabul o‘tkazdi. M.Omarov Andijon shahrida Damas rusumli transport vositasida yo‘lovchi tashish harakatini cheklash, litsenziya va tender talab shartlariga rioya etilmayotganligi, M1toifadagi transport vositalaridan voz kechga holda M2 toifaga yo‘nalishlarga o‘tkazishdagi ishlar orqada qolayotganligiga, tender g‘olibi bo‘lgan transport korxonasi yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatmayotganligi va boshqa masalalar bo‘yicha  e’tiroz bildirdi. Qabul davomida korxona rahbarlarining savol va takliflari tinglandi. 17 ta korxona tomonidan 150 ta avtobus va 100 ta mikroavtobus xarid qilish istagini bildirgan korxonalar aniqlandi.

    Shuningdek, boshqarmada Xitoyning YUTONG kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida “Alpomish merosi” MChJ tomonidan 100 ta avtobus xarid qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov avtobus xaridi bo‘yicha kerakli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

 

Andijon viloyati Transport boshqarmasi AXBOROT XIZMATI.