Tavallud ayyom muborak

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin, Shamsiddin Jamoldinovich!
Sizni ushbu quvonchli sana, tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Andijon viloyati transport boshqarmasi ahil jamoasi Siz kabi tajribali rahbar bilan haqli ravishda faxrlanadi.
Yuksak boshqaruvchilik mahorati, ishni to‘g‘ri tartib-intizom asosida tashkil etish, chuqur mulohaza bilan qaror qabul qilishingiz bizga ham masʼuliyat yuklaydi.
Hurmatli Shamsiddin Jamoldinovich, Sizga uzoq umr va mustahkam sog‘lik, xonadoningizga fayzu-baraka, rahbarlik faoliyatingiz davomida ulkan zafarlar, Vatanimiz ravnaqi yo’lida olib borayotgan masʼuliyatli va sharafli ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Yaxshi kayfiyat doimiy xamrohingiz bo‘lsin, hayotingiz baxtli va quvonchli onlarga to’lsin. Barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz.
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin.