TEMIR YO‘LLARGA YAQIN HUDUDDAGI AHOLINI OGOHLIKKA CHORLOVCHI TADBIRLAR

10.03.2021

Joriy yil 5 mart kuni Transportdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘yicha belgilangan vazifalarga asosan, Andijon viloyat transport boshqarmasi, IIV THTB, Andijon tarmoq SES, “Qo‘qon MTU” UK Andijon mintaqasi hodimlari tomonidan temir yo‘l atrofiga yaqin hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarga:

* uylarida uy xayvonlarini temir yo‘l va uning atrofida boqmaslik;

* temir yo‘l atrofiga maishiy chiqindilar tashlamaslik;

*  ota - onalarga farzandlarini temir yo‘llarida bemaqsad yurmasligini oldini olish;

*  vagon oygalariga tosh otmaslik;

*  temir yo‘l relslariga begona jism qo‘ymaslik;

* temir yo‘l aloqa signalizatsiya vositalariga shikast yetkazmaslik va shu kabi holatlar bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI