TRANSPORT PROKURATURASI TOMONIDAN O‘TKAZILGAN TANQIDIY VIDEO-KONFERENS-ALOQA


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasining Transportdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar muvofiqlashtiruvchi Kengashining “2020 yilda jinoyatchilik profilaktikasi va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar” muhokamasiga bag‘ishlangan video-konferens-aloqa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Video-konferens-aloqada Transport prokurori tomonidan korrupsiviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar sifatida: temir yo‘l transportida tadbirkorlik sub’yektlari mulkini talon-taroj etilishi hamda avtomobil transportidagi tenderlar shaffofligi ko‘rib chiqildi.
Temir yo‘l transportidagi kamchiliklar bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi hamda Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan nazorat ishlarini kuchaytirish belgilandi. Avtomobil transportidagi tenderlar masalasiga Toshkent viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i fikr bildirib, ochiq tenderlar masalasi to‘liq elektron shaklga o‘tkazilganligi, tender platformasi test rejimida ishga tushirilganligi aytildi.
Yig‘ilishda hududlardagi avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya transportlaridagi mavjud kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha rahbar hodimlarga asosiy vazifa etib belgilab berildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI