Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmanov boshchiligidagi ishchi guruh bugun Andijon viloyatida rasmiy tashrifni amalga oshirmoqda.


Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmanov boshchiligidagi ishchi guruh bugun Andijon viloyatida rasmiy tashrifni amalga oshirmoqda.
Ishchi guruxi viloyatning olis va chekka hududlaridagi transport qatnovining ahvolini o‘rganmoqda. O‘rganishlar mobaynida fuqarolar bilar ochiq muloqotlar o‘tkazib ularning taklif va muammolarini tinglamoqda. Хususan, Xonobod shahrining Bunyodkor MFY hamda Jalaquduq tumanining Toshloq MFYda bo‘ldi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari viloyatning turizm ob’yektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib Xonobod shahrida joylashgan “Fozilmon ota” va Xo‘jaobod tumanining “Imom ota” ziyoratgoxlarida bo‘ldi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI