TRANSPORT VAZIRLIGI VA TIZIM TASHKILOTLARIDA NAVBATDAGI MA’NAVIY - MA'RIFIY VEBINAR


Transport vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan kelishilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2021 yil uchun “Yo‘l xaritasi”ning 4-bandiga muvofiq “Ma’rifat soati” o‘tkazilishi belgilangan.
Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlashda barcha tizim tashkilotlarining “Ma’rifat soati” tadbirlari har oyda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bugun 9 aprel kuni soat 15.00da buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn amir Tarag‘ay tavallud ayyomi munosabati bilan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy vebinar o‘tkaziladi. Vebinarga yozuvchi Mo‘minov Ozod Po‘latovich va temurshunos Xaydarov Baxtiyor Egamberdiyevich taklif etilib, transport vazirligi tizim tashkilotlarining ma’naviy va ma’rifiy savodhonligini oshirdi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi MATBUOT XIZMATI